BOSH DIREKTOR
BOSH DIREKTOR
DUSHANBA-JUMA (9:00 - 16:00 GACHA)
+998 (66) 234 82 15
Mustafoqulov Samariddin Istatpo‘lotovich 1962-yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan.
Mehnat faoliyatini 1984-2007-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Y. G‘ulomov nomli Arxeologiya intsitutida boshlagan. 2007-yildan boshlab Samarqand shaxar tarixi «Afrosiyob» muzeyi direktori lavozimida ishlagan.
2019-yilning noyabr oyidan boshlab Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh diretori lavozimida ishlab kelmoqda.
Muzey-qo‘riqxonaning ilmiy, ilmiy-tashkiliy, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Muzey-qo‘riqxonaga rahbarlikni tashkilot to‘g‘risidagi Nizom asosida amalga oshiradi;
Yuqori malakali kadrlarni tanlaydi, muzey-qo‘riqxona tizimidagi mas’ul vazifalarga tayinlaydi, kadrlar mahoratini to‘laligicha shakllanishini ta’minlaydi;
Muzey kengashi orqali kreditlarni taqsimlanishini va mablag‘larni tasdiqlangan smetaga asosan sarflanishini nazorat qiladi;
Muzey-qo‘riqxona nomidan barcha tashkilot va korxonalar bilan kredit operatsiyalarini o‘tkazadi, muzey-qo‘riqxona joylashgan joyda, xisob-kitob raqamlarini va boshqa hisoblarni ochish va yopish ishlarini muvofiqlashtiradi, moliyaviy ishlarni nazoratini ta’minlaydi;
Qadimiy obidalardagi barcha konservatsiya va restovratsiya ishlariga buyurtmachi va nozir sifatida bo‘lishi mumkin;
Xorijiy mamlakatlarda hamda Respublika, viloyat hududida san’at va madaniyat boyliklarini keng targ‘ibot qilishga rahbarlik qiladi,
muzey kundalik va perespektiv rejalarini va hisobotini tasdiqlaydi;Muzey ekspozitsiyalarini g‘oyaviy tuzilishiga mas’ul;
Muzey fondlari va qimmatbaho buyumlar saqlanishini tashkil etadi;
Jamoat tashkilotlari bilan birgalikda muzey xodimlarining ma’rifiy o‘sishi, marketing malakasini oshishi va jamoada tarbiyaviy ishlarning o‘sishiga mutasaddi hisoblanadi;
Ichki tartib qoidalarini xodimlar tomonidan rioya etishni kuzatib boradi; Muzey kengashi va ilmiy kengash raisidir;
Muzey san’at va madaniyat boyliklarini ilmiy ommalashtirishni yo‘lga qo‘yadi, g‘oyaviy, siyosiy yulini belgilanishini tashkillashtiradi;
Ma’muriyat va iqtisodiy boshqarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadi, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish ishlariga mutasaddi;
Ishga muzey – qo‘riqxonani yuqori tashkilotlari tomonidan tayinlanadi va bo‘shatiladi;