The museum accepts visitors from 09:00 to 18:00. (only Saturday and Sunday are days off for museum researchers.)
Har oyning birinchi yakshanba kuni barcha davlat muzeylariga kirish BEPUL
18 yoshga to`lmagan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchilarga Seshanba va Juma kunlari muzeylarga kirish BEPUL
| O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI UCHUN | MDH DAVLATLARI FUQAROLARI VA XORIJIY SAYYOHLAR UCHUN | ||||||
Muzey nomi |
Bir kishiga kirish narxi |
Bir kishiga kirish narxi |
Bir kishiga kirish narxi |
||||
20 fevraldan 20 noyabrgacha |
20 noyabrdan 20 fevralgacha |
x | |||||
Kattalar (so`m) |
18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m) |
Kattalar (so`m) |
18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m) |
Kattalar (so`m) |
18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m) |
||
| 1 | NODIR DEVONBEGI MADRASASI |
3.000 | 2.000 | 1.500 | 1.000 | 20.000 | 10.000 |
Nodir Devonbegi madrasasi XVII asrning 1630-1635-yillarida Buxoro xonligining devonbegisi Nodir Mirzo Tog`ay Sulton tomonidan qurdirilgan.
Madrasa Xoja Ahrori Valiy maqbarasi yonida qurilganligi uchun Xoja Ahrori Valiy madrasasi , deb ham yuritiladi. Xoja Ubaydullox Ahrori Valiy Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida 1404-yilda dunyoga kelgan va 895 hijriy yilning rajab oyi ( 1490-yil fevral oyining 21 kuni) da Urgut tumani hududidagi bir qishloqda vafot etadi. U kishining tabarruk jasadlari Samarqand tumanidagi Xoja Kavshiy ( Hozirgi Xoja Ahror) mozoriga olib kelinib, dafn etiladi. Keyinchalik bu mozorda uning yaqinlari shogirdlari ham dafn etilgan. Madrasaning aynan shu manzilda barpo qilinishi sababi – uning to`rida Xoja Ahrori Valiyning xonaqoxlari mavjud bo`lgan. Mazkur madrasaning shu qo`rg`onda barpo etilishi Nodir Mirzo Tog`ay ibn Sultonnnig Xoja Ahrori Valiyga bo`lgan cheksiz hurmati belgisi , deb ham tushunmoq mumkin. Nodir Devonbegi madrasasi loyihasini ishlatishda Registon maydonidagi Sherdor madrasasining ko`rinishidan ijobiy foydalanilgan.
Bu madrasani ikkinchi Sherdor Madrasasi , deb ham yuritiladi. Peshtoqda sher rasmining aks ettirilishi katta hovlining chetlarida hujralarning joylashganligi bilan Sherdor madrasasining nushasiga o`xshaydi. Faqat bunda minoralar yuq. Madrasa bir qavatli bo`lib o`zida XV–XVII asrlarda keng tarqalgan hashamatli to`rt ayvonlik usulida bunyod etilgan.Madrasa 3 ta tarkibiy qismdan iborat. Darsxona, yotoqxona, xizmatchilar xonasidan iborat.
Madrasaning peshtoqida qurilishining boshlanish vaqtini ko`rsatuvchi yozuvlar mavjud bo`lib, ular naqsh bezaklari usta Xoja Hoshim va muhandis-bunyodkor Do`stmuhammad ijodlarining namunalaridir. Madrasa 1978-yilda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi usta Abdug`affor Xaqqulov tashabbusi bilan qayta ta`mirlandi.
MEDRESE OF NADIR DEVANBEGI
1982
The museum accepts visitors from 09:00 to 18:00. (only Saturday and Sunday are days off for museum researchers.)
Samarqand viloyati, Samarqand tumani Xo’ja Axrori Vale’ 1
+998 (66) 234-82-15
UZOQOV IZZAT ILXOMOVICH