“Ochiq osmon ostidagi muzey” deb ta’riflanadigan Samarqand zamini nafaqat tarixiy obidalari va muqaddas qadamjolari bilan balki, qadimiy manzilgohlar hamda o‘z bag‘rida nodir ossori atiqalarni saqlashi bilan dunyo tamaddunida o‘z o‘rniga ega qadimiy va navqiron shaharlardan biridir.
Samarqandda 1874-yildan muzey tashkil topganligi to‘g‘risida Samarqand muzeyining ilmiy arxiv xujjatlarida ma’lumotlar keltirilgan. O‘zbekistondagi yirik ilmiy tashkilotlar qatorida Samarqand muzeyi ham shakllandi va 1896-yil 21-iyulda muzey rasmiy ravishda ochildi.
230 mingdan ortiq ashyolarni arxeologiya, numizmatika, etnografiya, qo‘lyozmalar, tabiat tarixi, zoologiya, geologiya, tasviriy va xalq amaliy san’ati namunalaridan iborat jamlanmalarni o‘z ichiga oladi.
Samarqand shahri M.Ulug'bek ko'chasi 148-uy
info@samarkandmuseum.uz
+998 (66) 234 82 15
+998 (66) 234 82 15