Muzey 09:00 dan 18:00 gacha tashrifchilarni qabul qiladi. (faqat muzey ilmiy bo’limlari xodimlariga shanba va yakshanba kunlari dam olish hisoblanadi)
Har oyning birinchi yakshanba kuni barcha davlat muzeylariga kirish BEPUL
18 yoshga to`lmagan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchilarga Seshanba va Juma kunlari muzeylarga kirish BEPUL
| O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI UCHUN | MDH DAVLATLARI FUQAROLARI VA XORIJIY SAYYOHLAR UCHUN | ||||||
Muzey nomi |
Bir kishiga kirish narxi |
Bir kishiga kirish narxi |
Bir kishiga kirish narxi |
||||
20 fevraldan 20 noyabrgacha |
20 noyabrdan 20 fevralgacha |
x | |||||
Kattalar (so`m) |
18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m) |
Kattalar (so`m) |
18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m) |
Kattalar (so`m) |
18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m) |
||
| 1 | AMIR TEMUR (BIBIXONIM) KOMPLEKSI |
3.000 | 2.000 | 1.500 | 1.000 | 20.000 | 10.000 |
Bibixonim kompleksi ( Amir Temur jome` masjidi) Markaziy Osiyodagi eng yirik inshootlardan biri hisoblanadi. Tarixchi G’iyosiddin Ali Yazdiy o`zining “Zafarnoma” asarida, “… 801 ( hijriy) yilning Ramazoni Sharif oyining to`rtinchi kunida ( milodiy 1399-yil 10-mayi ) Amir Temur masjid uchun poytaxtning en yaxshi joyini tanladi. Mashhur usnalar va me`morlar bu ulkan imoratning loyihasini tuzdilar va eng saodatli daqiqada uning poydevorini qura boshladilar…” deb yozib qoldirgan.
Masjidning qurilishida kuproq Saroymulkxonim –Bibixonim raxbarlik qilgani uchun Bibixonim masjidi, deb ham ataladi. Masjidning umumiy sahni 167×109 m bo`lib , burchaklarida baland minoralar bo`lgan , noma`lum sabablarga ko`ra ular buzib yuborilgan, minoralar qayta tiklangan. Ta`mirlanishga qadar jome masjidi bir-biri bilan bog`lanmagan 6 ta me`moriy bo`laklardan iborat bo`lgan.
Jome masjidining hovli sahniga marmartosh taxtalar yotqizilgan. Hovli o`rtasida mirzo Ulug`bek farmoniga binoan, XV asr o`rtalarida marmar toshdan yasalgan ulkan lavh o`rnatilgan ( Qur`on o`qiladigan maxsus kursi) bo`lib, u dastlab asosiy bino ichida turgan ( 1875 yilda gumbazning qulashidan xavflanib , hovli o`rtasiga chiqarib quyilgan). Uning atrofi nafis hoshiyalar , muqarnaslar, o`simliksimon naqshlar va yozuvlar bilan bezatilgan.
Jome masjidning peshtoqi nihoyatda mahobatli bo`lib, o’rtasida kengligi 18,8 metrli ravoq mavjud. Yon tomonlaridagi minoralar peshtoqdan baland bo`lgan, peshtoqning ichki tomonida kichikroq ( ikkinchi) ravoq o`rnatilgan, Ravoqning yonlari o`ymakor marmar toshlar bilan bezatilgan. Uning ustidagi lavhasida masjidning qurilgan yili va Sohibqiron Amir Temurning shajarasi yozilgan. Qo`sh tabaqali darvoza yeti xil temir qotishmasidan “haft jo`sh”dan yasalgan.
Jome masjidning asosiy ( mehrobli) binosi Sohibqiron zamonasining me`moray uslublari haqida ma`lumot beradi. Masjid gumbazining doira asosli sirtiga muqaddas Qur`on oyatlari bitiligan bo`lib, gumbaz feruza koshinlar bilan pardozlangan.
Masjid yonidagi ikki kichik bino, mehrobli xonaning asosan kichik xajmdagi takrori bo`lsada naqshlarining soddaligi va gumbazning kungiraligi bilan farqlanadi. Jome` masjidning ichki qismini pardozlashda naqqoshlik bezaklari qatorida zarhal bo`rtma gulqog`oz ( pape-mashe) dan keng foydalanilgan. Bibixonim jome masjidi O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuslari bilan qaytadan ta`mirlandi va bu ishlar katta hajmda davom etmoqda.
AMIR TEMUR (BIBIXONIM) MAJMUASI
Muzey 09:00 dan 18:00 gacha tashrifchilarni qabul qiladi. (faqat muzey ilmiy bo’limlari xodimlariga shanba va yakshanba kunlari dam olish hisoblanadi)
Samarqand shahar, I.Karimov ko’chasi
+998 (66) 234-82-15
AKILOVA GULBAXOR XALILOVNA