Muzey 09:00 dan 18:00 gacha tashrifchilarni qabul qiladi. (faqat muzey ilmiy bo’limlari xodimlariga shanba va yakshanba kunlari dam olish hisoblanadi)
Har oyning birinchi yakshanba kuni barcha davlat muzeylariga kirish BEPUL
18 yoshga to`lmagan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchilarga Seshanba va Juma kunlari muzeylarga kirish BEPUL
| O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI UCHUN | MDH DAVLATLARI FUQAROLARI VA XORIJIY SAYYOHLAR UCHUN | ||||||
Muzey nomi |
Bir kishiga kirish narxi |
Bir kishiga kirish narxi |
Bir kishiga kirish narxi |
||||
20 fevraldan 20 noyabrgacha |
20 noyabrdan 20 fevralgacha |
x | |||||
Kattalar (so`m) |
18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m) |
Kattalar (so`m) |
18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m) |
Kattalar (so`m) |
18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m) |
||
| 1 | KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR TARIXI O‘LKASHUNOSLIK MUZEYI |
2.000 | 1.000 | 1.000 | 500 | 10.000 | 5.000 |
Ishtixon haqidagi ilk ma’lumotlarni biz VI-VIII asrlarga oid Xitoy manbalarida o‘qishimiz mumkin. Aytilishicha, Xitoy tilida Ishtixon «Sao» deb yuritilgan.
Ishtixon arablar istilosigacha va undan keyingi bir necha asrlar davomida sug‘dlarning «ixshid» deb ataluvchi qabilalari yashagan xonlikning markazi bo‘lgan. «Ishtixon» so‘zi xam aslida shu xonlikning nomi «Ixshidxon» so‘zidan kelib chiqqan va talaffuzda o‘zgara borib, keyinchalik «Ishtixon» deb nomlanadi. Xonlikning markazi Ishtixon karvon yo‘li ustida joylashganligi tufayli o‘rta asrlarda savdo shahri sifatida rivoj topgan. Bu yerda hunarmandchilikni boshqa turlari bilan bir qatorda ayniqsa yuziga naqsh solib tayorlangan ixcham g‘ishtlar mashhur bo‘lgan.
IX-XI asrlarda bu yerda hokimiyatni boshqargan xonlar o‘z nomlari bilan misdan tanga pullar chiqarishgan. O‘sha vaqtlarda Ishtixon olti darvozali shahristondan va atrofi rabotlardan iborat bo‘lgan. Ammo mo‘g‘ullar istilosidan keyin hamda o‘zaro feodal urushlar oqibatida shaharning kundan-kunga mavqei yo‘qola boradi va XVII asr oxirlarida shahar batamom buziladi va uning o‘rnida kichik qishloq qoladi.
Muzeyning ekspozitsiya zallarida uning o‘tmishi, tarixi, tabiati, o‘simlik dunyosi haqida so‘zlovchi eksponatlardan tashqari, tumanning bugungi kuni, ya’ni, Mustaqillik yillarida iqtisodiyot, sport, madaniyat va shaharsozlik sohalarida erishgan muvaffaqiyatlarini ko‘rishingiz mumkin. Ishtixon tuman tarixi muzeyida 2014-yilda katta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
KATTAQO‘RG‘ON SHAHAR TARIXI O‘LKASHUNOSLIK MUZEYI
1974
Muzey 09:00 dan 18:00 gacha tashrifchilarni qabul qiladi. (faqat muzey ilmiy bo’limlari xodimlariga shanba va yakshanba kunlari dam olish hisoblanadi)
Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on shahri, O’zbekiston ko’cha 105 uy
+998 (66) 234-82-15
TAIROVA DILOROM SIROJOVNA